AMALIY SANʼATNING INSON TURMUSHIDAGI TAʼSIRI HAMDA GIRIH NAQSHLARINING MEʼMORIY OBIDALARDAGI OʻRNI VA ILMIY AHAMIYATI

Section: Articles Published Date: 2025-02-22 Pages: 59-66 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Yozma manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida amaliy bezak sanʼati qadim-qadimdan vujudga kelgan xalq sanʼatining eng ajoyib tarkibiy qismlaridan biridir. U oʻzining rivojlanishida koʻp yillar va asrlarni bosib oʻtgan, goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy anʼanalarning avloddan avlodga oʻtishi hech qachon toʻxtamagan. Musulmon allomalar, mutafakkirlar, meʼmor ustalarni voyaga yetkazgan Markaziy Osiyo oʻzining meʼmoriy obidalari bilan insoniyat eʼtiborini qozonib kelmoqda. Ushbu maqolada ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan amaliy sanʼat turlari orqali yurtimizni butun dunyo eʼtirof etib kelayotgani va qadimiy meʼmoriy obidalarimizga bitilgan naqsh namunalari hozirda ham dunyo olimlari bahs-munozaralariga sabab boʻlayotgani haqida muhim ilmiy dalillar keltirilib, bu fanni oʻrganishning dolzarbligi taʼkidlangan.

Keywords

Markaziy Osiyo, meʼmoriy obidalar, naqsh, girih, usta meʼmor, amaliy bezak, geometrik yechim, koshin, nusxa, chiziqlar, ganch, monumental.