TOSHKENT MASJIDLARI: ZAMONAVIY ARXITEKTURA, REKONSTRUKSIYA TAJRIBALARI VA MILLIY BEZAK SAN’ATINING UYG‘UNLIGI

Section: Articles Published Date: 2025-08-11 Pages: 13-20 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Ushbu maqolada Toshkent shahrida so‘nggi yillarda qayta tiklangan va yangidan barpo etilgan masjidlar arxitekturasi, ularning bezak san’ati va milliy me’moriy an’analarni davom ettirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada Toshkent shahridagi yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan masjidlar guruhlarga ajratilib, “Shayx Zayniddin”, “Islom ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Ubay ibn Kaab” va “Rakat” kabi yirik masjidlar arxitekturaviy yechimlarini atroflicha yoritiladi. Shuningdek, maqolada Toshkent masjidlarida arab, turk, ispan-musulmon me’morchilik unsurlari Markaziy Osiyo an’analari bilan sintezlangan holda ishlatilayotgani ilmiy asosda tahlil etilgan.

Keywords

Masjid, xattotlik san’ati, me’morchilik, ganchkorlik, Toshkent shahri.