TIM BURTON ANIMATSIYALARIDA AN’ANAVIY TEXNOLOGIYALAR VA USLUBIY XUSUSIYATLAR TAHLILI

Section: Articles Published Date: 2025-07-30 Pages: 24-28 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Ushbu maqolada mashhur amerikalik rejissor va animator Tim Burton ijodi misolida an’anaviy animatsiya texnologiyasi va uning uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – Burton animatsiyalarida qo‘g‘irchoq animatsiyasi, dekoratsiya va kadrma-kadr suratga olish uslubining qo‘llanilishi hamda ular bilan bog‘liq badiiy yechimlarni aniqlashdan iboratdir. Metod sifatida taqqoslash va adabiyotlar tahlili usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Tim Burton filmlari “Rojdestvo arafasidagi dahshatli tush”, “O‘lik kelin”, “Frankenveyni” orqali an’anaviy texnologiya zamonaviy animatsiya san’atida yangi darajaga ko‘tarilgan. Uning gotik estetika, grotesk obrazlar1 (g‘aroyib va mutanosibligi buzilgan, bir vaqtning o‘zida kulgili hamda qo‘rqinchli qahramonlar) va fantastik elementlarga boy uslubi an’anaviy animatsiyani faqatgina bolalar uchun mo‘ljallangan janrdan chiqib, keng auditoriya uchun badiiy san’at darajasiga olib chiqdi. Maqola natijasi sifatida Burton ijodining animatsiya tarixidagi o‘rni va uning an’anaviy texnologiyalarni yangicha talqin qilishdagi ahamiyati aniqlab berildi.

Keywords

Tim Burton, stop-motion, an’anaviy texnologiya, animatsiya, gotik estetika, uslub, fantastik elementlar, grotesk obraz.