MOYBO'YOQNING RANGTASVIR SAN'ATIDAGI BADIIY IFODALASH IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada moybo'yoqning rangtasvir san'atidagi badiiy ifodalash imkoniyatlari va yaratilgan asarlarning mustahkamligi va uzoq saqlanishini ta'minlashdagi ahamiyatini san'atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda moybo'yoqning rang koloritining boyligi, erkin ishlanishi va chidamlilik kabi asosiy xususiyatlari ko'rib chiqilgan. XV asrdan XX asrgacha bo'lgan davrdagi Yan van Eyk, Leonardo da Vinchi, Rembrand, Van Gog kabi buyuk rassomlarning o'ziga xos texnikalari (masalan, lessirovka, sfumato, impasto) batafsil o'rganilib, bu usullarning badiiy ifoda yaratishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, moybo'yoq texnikasi tempera va freska kabi boshqa rangtasvir uslublari bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning moslashuvchanligi, xatolarni tuzatish imkoniyati va rang gradatsiyasidagi ustunligi ilmiy asoslangan. O'zbekiston rangtasvir san'atida moybo'yoq ustida ijod qilgan taniqli rassomlarning (O'rol Tansiqboyev, Chingiz Ahmarov va boshqalar) asarlari orqali ushbu texnikaning milliy san'atdagi o'rni ta'kidlangan.
Maqolada moybo'yoqning sekin qurish va boy ranglarni yaratish imkoniyati tufayli eng mukammal badiiy ifoda vositasi bo'lib qolayotganini, shuningdek, asarlarning ming yillar davomida saqlanishini ta'minlashdagi ahamiyati asoslangan.
Keywords
Moybo'yoq, rangtasvir, lesirovka, sfumato, impasto, alla prima, chidamlilik, kolorit, tahlil.How to Cite
References
Рангтасвир. Акбархужаев Абдулазиз «LESSON PRESS», Тошкент ш, 2015. 74.б
Энциклопедия мировой живописи Составители .Т. Г. Петровец, Ю. В. Садомова “ОЛМА-ПРЕСС” Москва 2.06.2000. c.194
Энциклопедия мировой живописи Составители .Т. Г. Петровец, Ю. В. Садомова “ОЛМА-ПРЕСС” Москва 2.06.2000. c.303
Аполлон. Изобразительное и декоративное искусство. Архитектура /Терминологический словарь. - М.: НИИ теории и истории изобразительных искусств РАХ-Эллис Лак, 1997. - С. 590.
https://onlinelibrary.wiley.Angewandte Chemie International Edition: Volume58, Issue17 April 16, 2019 Pages 5619-5622

Art and Design: Social Science