MAHALLIY BILIM VA IMPERIYA FANI: TURKISTONLIK TABIATSHUNOSLARNING ROSSIYA IMPERIYASI ILMIY EKSPEDITSIYALARIDA ISHTIROKI

Section: Articles Published Date: 2025-10-31 Pages: 47-52 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasining ilmiy o‘rganishning asosiy makonlaridan biriga aylandi, bu yerda imperiya fani va mahalliy bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi modellari shakllandi. Arxiv materiallari, IRGOning ustav hujjatlari, ekspeditsiya hisobotlari va olimlarning xotiralari tahlili asosida ekspeditsiyalarning mahalliy ishtirokchilari passiv yordamchilar emas, balki o‘lkaning geografiyasi, iqlimi va tabiiy sharoitlari haqida noyob empirik bilimlarning tashuvchilari bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, Turkistondagi ilmiy ekspeditsiyalar tarixi nafaqat imperiya fanining bir sahifasi sifatida, balki ilmiy va madaniy o‘zaro ta’sirning murakkab jarayonlarining dalili sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Keywords

imperiya fani, Rossiya imperiyasi, mahalliy yo‘l boshlovchilar, tabiat bilimdonlari, ekspeditsiyalar, Turkiston o‘lkasi, XIX asr, geografiya.