KUBROVIYA TARIQATIDA «LATOIF» NAZARIYASI

Section: Articles Published Date: 2025-10-31 Pages: 53-56 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Maqolada “Kubroviya” tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro «Latoif» nazariyasiga alohida ahamiyat berganligi haqida fikr yuritiladi. Unda koinot tafakkur, his, ruh, tana kabi ko‘rinmas markazdan iborat ekanligi va u maxsus mashqlar orqali holat, shakl va rang o‘zgarishi hosilasi asosida his qilinishi va ko‘rilishiga to‘xtaniladi. Kubroning ta’kidlashicha, muridning ruhiy holati uch tarkibiy qism: doira — bu koinot, dog‘ — dunyo obrazi, nuqta — borliq markazi (vahdat) ekanligi, nuqta esa mohiyatni anglab yetish — bu ilohiy dunyo ma’nosini anglashdir. Insonning ruhiy holati ranglar bilan bog‘lanadi. Kubroning fikriga ko‘ra, ranglar quyidagi o‘zgaruvchi tartibda joylashadi: oq, sariq, ko‘k, havorang, yashil, qizil, qora. Qora rang, nuqtaga erishish – koinot mohiyati, ma’nosini anglash, demakdir.

Keywords

Najmiddin Kubro, “Kubroviya”, tariqat, «Latoif» nazariyasi, koinot tafakkur, his, ruh, tana, tasavvuf, oq-sariq-ko‘k-havorang-yashil-qizil-qora ranglar.