MUSIQIY TA’LIMDA NOTA MARKAZLASHUVI FENOMENI: OG‘ZAKI-ESHITISH TAFAKKURINING SIQILISHI VA PEDAGOGIK OQIBATLARI

Section: Articles Published Date: 2026-01-29 Pages: 85-90 Views: 0 Downloads:

Authors

Abstract

Mazkur maqolada musiqiy ta’lim tizimida nota yozuvining ustuvor pedagogik vositaga aylanishi — nota markazlashuvi fenomeni musiqashunoslik va pedagogika nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda nota yozuvining og‘zaki-eshitish an’analariga ta’siri, ushbu jarayonning musiqiy tafakkur va ijro madaniyatiga ko‘rsatadigan oqibatlari ochib beriladi. Etnomusiqologik va nazariy manbalarga tayangan holda nota markazlashuvi natijasida eshitish xotirasi, improvizatsiya va variantlilikning cheklanishi ilmiy asoslanadi. Maqolada musiqiy ta’lim mazmunini qayta muvozanatlash, nota va og‘zaki transmissiya o‘rtasidagi nisbatni pedagogik jihatdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha xulosalar beriladi.

Keywords

nota markazlashuvi, musiqiy ta’lim, og‘zaki-eshitish an’anasi, musiqiy tafakkur, notatsiya, etnomusiqologiya