QALANDAROV UY-MUZEYI FAOLIYATI

Section: Articles Published Date: 2026-02-27 Pages: 63-68 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Qalandarov uy-muzeyi bugungi kunda davlat tomonidan muhofaza qilinadigan me’moriy yodgorlik hisoblanadi. 1910–1916-yillarda qurilgan Kalantarov uyi avstriyalik me’mor Otto Nelle loyihasi asosida barpo etilgan bo‘lib, unda Yevropa eklektik uslubi bilan mahalliy me’morchilik an’analari uyg‘unlashgan. U nafaqat tarixiy eksponatlar saqlanadigan joy, balki ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan maskandir. Ma’rifiy faoliyat muzey ishining muhim yo‘nalishidir.  Muzeyda ekskursiyalar, mavzuli tadbirlar va ta’limiy dasturlar tashkil etilib, yosh avlodda milliy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur uy-muzey Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosini o‘zida mujassam etgan muhim obida bo‘lib, o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi madaniy ko‘prik vazifasini bajaradi.

Keywords

vaqtinchalik ko‘rgazma, eklektik arxitektura, etnografik materiallar, ma’rifiy dasturlar, tarixiy-madaniy meros.