XX ASRNING 40 – 90 - YILLARIDA MUZEY FAOLIYATINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI

Section: Articles Published Date: 2026-05-04 Pages: 43-49 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada XX asrning 40-90-yillarida O‘zbekistonda muzey ishining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida muzeylar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, ularning mafkuraviy va siyosiy targ‘ibot markaziga aylanishi, fondlarni saqlash va boyitish borasidagi ishlari yoritilgan. Shuningdek, urushdan keyingi davrda muzeylar tarmog‘ining kengayishi, yangi ekspozitsiyalar tashkil etilishi, memorial muzeylarning ochilishi hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatning rivojlanishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida muzeylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ularning madaniy merosni saqlashdagi ahamiyati ochib berilgan.

Keywords

muzey ishi, ekspozitsiya, Ikkinchi jahon urushi, sovet mafkurasi, memorial muzeylar, ilmiy-tadqiqot, madaniy meros, o‘lkashunoslik, ko‘rgazma, targ‘ibot