O‘ZBEK DOSTONCHILIK SAN’ATI: AN’ANA, IJRO VA ESTETIK TARBIYA

Section: Articles Published Date: 2026-06-06 Pages: 39-42 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek dostonchilik san’atining tarixiy-madaniy ahamiyati, baxshichilik ijrochilik an’analari, dostonlarning musiqiy va badiiy xususiyatlari hamda ularning yosh avlod estetik tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, baxshi ijrochiligining o‘ziga xos uslublari, doston ijrosida musiqaning ahamiyati, terma va nag‘malarning badiiy qiymati yoritilgan. Maqolada zamonaviy madaniy jarayonlar ta’sirida baxshichilik san’atida yuz berayotgan o‘zgarishlar, an’anaviy ijro uslublarining saqlanishi va rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, bo‘lajak mutaxassislarda doston ijrochiligi orqali milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik ahamiyati ochib berilgan.

Keywords

Dostonchilik, baxshichilik san’ati, xalq og‘zaki ijodi, terma, nag‘ma, doston ijrochiligi, milliy musiqa, estetik tarbiya, badiiy did, baxshi, folklor, musiqiy meros, milliy qadriyatlar, ijro uslubi, an’anaviy san’at.