O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV MUZEYLAR FAOLIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TARIXI: O‘ZTEMIRYO‘LMASHTA’MIR KORXONASI TAJRIBASI MISOLIDA

Section: Articles Published Date: 2026-09-29 Pages: 50-57 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda korporativ muzeylarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni muzeyshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Korporativ muzey tushunchasining mazmuni, uning idoraviy va davlat muzeylaridan farqli jihatlari, korxona tarixini saqlash, korporativ xotirani shakllantirish, xodimlar avlodlari o‘rtasidagi tarixiy aloqani mustahkamlash hamda tashkilotning ijtimoiy-madaniy imijini yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda Rossiya va xalqaro muzeyshunoslik tajribasi bilan bir qatorda O‘zbekistondagi korporativ muzeylarning rivojlanishiga oid ma’lumotlar, xususan, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” korxonasi tarix muzeyi tajribasi tahlil qilinadi. Mazkur muzeyning 1947-yilda tashkil etish tashabbusi paydo bo‘lishi, 1967-yilda muzeyning ochilishi va 2019-yilda yangi ekspozitsiya makonining yaratilishi korporativ muzeylarning tarixiy evolyutsiyasini ko‘rsatib beruvchi muhim amaliy misol sifatida qaraladi. Shuningdek, zamonaviy korporativ muzeylarning raqamlashtirish, multimedia, brending va korporativ identitetni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Keywords

korporativ muzey, korxona muzeyi, muzeyshunoslik, korporativ xotira, muzey fondi, korporativ madaniyat, muzey kommunikatsiyasi, tarixiy meros, ekspozitsiya, O‘zbekiston.