MILLIY MEROS IFODASI: O‘ZBEKISTON TASVIRIY SANʼAT GALEREYASI KOLLEKSIYASINING SHAKLLANISH JARAYONI

Section: Articles Published Date: 2026-09-29 Pages: 95-102 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi kolleksiyasining shakllanish tarixi va uning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga kelish jarayoni tahlil qilinadi. Kolleksiyaning shakllanishi mustaqillikning dastlabki yillarida milliy tasviriy sanʼat namunalarini saqlab qolish, rassomlarni qo‘llab-quvvatlash va XX asr O‘zbekiston sanʼatining badiiy merosini tizimli ravishda jamlash zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Maqolada 1994 yilda Galereyani tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi, 1995 yildan boshlab kolleksiyani maqsadli shakllantirish, rassomlar ustaxonalarida asarlarni tanlash va xarid qilish, badiiy kengash faoliyati, ilmiy inventarizatsiya jarayonlari hamda to‘plamning keyingi muzeylashuv bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, kolleksiya tarkibida XX asrning 20–40-yillaridan tortib mustaqillik davrigacha bo‘lgan O‘zbekiston tasviriy sanʼati taraqqiyotining turli bosqichlari aks etgani ko‘rsatiladi. Kolleksiyaning shakllanish tarixi milliy sanʼatning institutsional qo‘llab-quvvatlanishi va zamonaviy badiiy merosni saqlashning o‘ziga xos modeli sifatida baholanadi.

Keywords

O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi, Milliy bank, kolleksiya, muzey fondi, milliy meros, tasviriy sanʼat, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mustaqillik davri sanʼati, kolleksionerlik, sanʼatshunoslik.