XXI ASR BIRINCHI CHORAGI LIBOSLAR ARXITEKTURASI: SHAKL VA KOMPOZITSIYANING DEKONSTRUKTIVISTIK TRANSFORMATSIYASI HAMDA MILLIY DIZAYNDAGI YANGI BADIIY-ESTETIK KONSEPTI

Section: Articles Published Date: 2026-09-29 Pages: 103-111 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Ushbu maqolada XXI asrning birinchi choragi (xususan, 2025–2026-yillar) global libos dizaynida ro‘y berayotgan vizual-tektonik va tizimli transformatsiyalar badiiy-san’atshunoslik jihatidan tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida zamonaviy kutyure va avangard brendlar Schiaparelli, Moschino, Yohji Yamamoto namoyishlaridagi liboslar arxitekturasi hamda shakl va kompozitsiya evolyutsiyasi tanlab olingan. Maqolada dizaynerlik san’atidagi an’anaviy tektonika qoidalarining o‘zgarishi va "sokin hashamat" (Quiet Luxury) estetikasining dekonstruktivizm prinsiplari bilan o‘zaro uyg‘unlashuvi mantiqiy tahlilga tortilgan. Libos arxitekturasidagi vizual destruksiya elementlari, ishlov berilmagan qirralar, teskari o‘girilgan astarlar, asimmetrik konstruksiyalar va arxiv formalariga re-konseptual qaytish jarayonlari san’atning yangi vizual til qidirish omillari sifatida baholangan. Tadqiqot xulosalari libos san’atida material va shakl munosabatlarining falsafiy-estetik mohiyatini tizimli anglashga xizmat qilishi mumkin.

Keywords

libos arxitekturasi, shakl va kompozitsiya, dekonstruktivistik transformatsiya, badiiy-estetik konsept, tektonika, vizual destruksiya, arxiv formalar, dizayn falsafasi.