MAQOM XONANDALIGIDA OVOZNI YO‘LGA QO‘YISH JARAYONINI MILLIY OHANGLAR, NAMUD VA AVJLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI

Section: Articles Published Date: 2026-11-07 Pages: 23-30 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada maqom xonandaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ovozini yo‘lga qo‘yish jarayonini milliy musiqiy ohanglar, namud va avjlar asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy xonandalik ta’limida ovoz imkoniyatlarini rivojlantirish, kuylash nafasini shakllantirish, intonatsion aniqlikni ta’minlash va musiqiy tafakkurni takomillashtirishda maqom namunalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, milliy ohanglar asosida ishlab chiqilgan legato, stakkato va vokaliz mashqlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, namud hamda avjlarning ijrochilik texnikasini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada maqom xonandalarining ovozini yo‘lga qo‘yishda milliy musiqiy materiallarga asoslangan bosqichli pedagogik yondashuv taklif etiladi.

Keywords

maqom xonandaligi, ovozni yo‘lga qo‘yish, milliy ohanglar, namud, avj, vokaliz, legato, stakkato, nafas texnikasi, ijrochilik mahorati, pedagogik samaradorlik.