ZAMONAVIY BADIIY TA’LIM TIZIMIDA AKADEMIK TASVIRIY SAN’ATNING METODOLOGIK ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Section: Articles Published Date: 2026-11-07 Pages: 119-130 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy badiiy ta’lim jarayonida akademik tasviriy san’atning nazariy, amaliy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Akademik ta’lim tizimining tarixiy shakllanishi, rus akademik maktabi va O’zbekiston rassomlik maktabining tajribasi hamda vizual idrok psixologiyasiga oid nazariyalar asosida akademik rasm va rangtasvirning rassom tafakkurini shakllantirish, borliqni vizual idrok etish, shakl, nisbat, perspektiva, yorug’-soya munosabatlari va ranglar uyg’unligini anglashdagi o’rni ochib beriladi. Raqamli texnologiyalar, zamonaviy vizual kommunikatsiya va yangi badiiy ifoda vositalarining rivojlanishi sharoitida akademik tasviriy san’atning imkoniyatlari va metodik vazifalari ko’rib chiqiladi. Akademik ta’lim an’analarini zamonaviy ijodiy yondashuvlar bilan uyg’unlashtirish, talabalarning individual badiiy tafakkurini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola yakunida o’quv topshiriqlarining bosqichli tizimi, mezonli baholash modeli va o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik takliflar ishlab chiqiladi.

Keywords

akademik tasviriy san’at, badiiy ta’lim, akademik rasm, rangtasvir, badiiy tafakkur, vizual idrok, ijodiy kompetensiya, kompozitsiya, raqamli texnologiyalar, zamonaviy san’at, rassom tayyorlash, mezonli baholash.