TEMURIYLAR MEROSI JAHON MUZEYLARIDA: MADANIY DIPLOMATIYANING TARIXIY VA ZAMONAVIY OMILI
Abstract
Mazkur maqolada Temuriylar davri tarixiy-madaniy merosining jahon muzeylarida saqlanishi, o‘rganilishi va namoyish etilishi hamda uning madaniy diplomatiyadagi ahamiyati tahlil qilinadi. Temuriylar merosi O‘zbekiston hududidagi yodgorlik va muzey kolleksiyalaridan tashqari, dunyoning turli mamlakatlaridagi muzey, galereya, kolleksiya, kutubxona va ilmiy fondlarda saqlanayotgan qo‘lyozma, miniatyura, numizmatik material, amaliy san’at va boshqa artefaktlarda ham mujassamdir. Mustaqillikdan keyin Temuriylar tarixini ilmiy o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib etishning yangi bosqichi shakllanib, 1996-yilda Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil etilishi jarayonida ushbu mavzu yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotning maqsadi Temuriylar merosining jahon muzeylaridagi o‘rganilish jarayonini tarixiy va zamonaviy jihatdan yoritish hamda muzeylararo hamkorlikning madaniy diplomatiyadagi rolini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, muzeyshunoslik, manbashunoslik va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada Temuriylar merosini aniqlash, ilmiy atributsiya qilish, kataloglashtirish, xalqaro ko‘rgazmalar va raqamli loyihalar orqali namoyish etish madaniy muloqotning muhim vositasi ekani asoslandi
Keywords
Temuriylar merosi, jahon muzeylari, madaniy diplomatiya, muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy meros, muzeylararo hamkorlik, ilmiy tadqiqot, xalqaro ko‘rgazmalar.How to Cite
References
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 99-son qarori. 14.03.1996.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 50-son qarori, 24.01.1997-yil.
Амир Темур жаҳон тарихида. – Тошкент: Шарқ, 1996. – 293 б.
Қурбонова Д. А. Хориж музейларида сақланаётган темурийлар даврига оид тарихий ва маданий ёдгорликлар. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертatsiя. – Тошкент, 2009.
Курбонова Дилафруз Жаҳоннинг йирик музейларида Ўзбекистонга оид коллекцияларнинг шаклланиши ва уларни комплектлаш тамойиллари. Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертatsiя. – Тошкент, 2020.
Курязова Дарманжан. Ўзбекистон моддий-маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва музейлаштиришнинг назарий-методологик асослари. Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертatsiя. – Тошкент, 2021.
D. Kurbanova, K. Yunusov. O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan temuriylar davri ashyolarining tarixni yoritishdagi ahamiyati // International Scientific and Practical Conference “Current Issues in the Theory of Museology and the Practice of Museum Management in the 21st Century”, May 14, 2026
D. Kurbanova, Z. Dosmetova, U. Karabayev, E.Khaitov, N. Nabieva, G. Abdullaeva. Museum Artifacts as Linguistic Archives: Exploring Linguistic Insights from Timurid Artifacts // Jurnal Arbitrer - Vol. 12 No. 4 (2025)
Miraliyeva Sh. Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi xususida // International Scientific and Practical Conference “Current Issues in the Theory of Museology and the Practice of Museum Management in the 21st Century”, May 14, 2026.
“WOSCU ва Islom sivilizayasi markazi Buyuk Britaniyadan yo‘qolgan merosni qaytarishga erishdi” Manba: https://zamon.uz/uz-cyrl/2026/04/30/woscu-va-islom-civilizaciyasi-markazi-buyuk-britaniyadan-jolgan-merosni-ajtarishga-erishdi
“Shavkat Mirziyoyev kimga qanday kitob sovg‘a qilgan?” Gazeta.uz xabari. Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/19/gift-books/
License
Copyright (c) 2026 Dilafruz Abdurashidovna Qurbonova

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Art and Design: Social Science