MUZEYLARDA INNOVATSION RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH ORQALI TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tajribasi asosida

Section: Articles Published Date: 2026-11-07 Pages: 177-180 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy innovatsion va raqamli texnologiyalarni muzey faoliyatiga joriy etishning ahamiyati hamda ularning muzeylarning turistik jozibadorligini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida amalga oshirilayotgan proyeksion va AR gologramma, yagona raqamli multimedia platformasi hamda virtual muzey gidiga ega WebAR dasturiy mahsuloti misolida zamonaviy texnologiyalarning muzey ekspozitsiyalarini takomillashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada tarixiy shaxslar obrazini raqamli rekonstruksiya qilish, tarixiy-madaniy merosni interaktiv vizualizatsiya qilish, audiovizual kontent va kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanishning tashrif buyuruvchilar tajribasiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni muzey turizmini rivojlantirish, yoshlar va xorijiy sayyohlarni jalb qilish hamda Samarqandning xalqaro turistik jozibadorligini oshirishdagi istiqbollari belgilab beriladi.

Keywords

muzey, innovatsion texnologiyalar, raqamlashtirish, turizm, AR, WebAR, gologramma, multimedia, virtual muzey, raqamli meros, interaktiv ekspozitsiya, Samarqand.