O‘ZBEKISTON MILLIY INTERYER DIZAYNINING SHAKLLANISH BOSQICHLARINI DAVRLARGA BO‘LIB O‘RGANISH USLUBI

Section: Articles Published Date: 2024-10-08 Pages: 19-23 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

San’atshunos olimlar o‘zbek xalq amaliy san’atining tarixiy bosqichlarini aniqlash muhim ekanligini takidlab, davrlarga bo‘lib o‘rganishgan. Milliy interyer dizaynining shakllanishi bevosita amaliy-bezak san’ati bilan bog‘liqdir. I ming yillikning birinchi yarmida ilk davlatchilik shakllarini yuzaga kelishi, o‘rta asrlarda islom dinining kirib kelishi, oq qora fotosuratlarning paydo bo‘lishi amaliy-bezak san’atida keskin o‘zgarishlar bo‘lganini Hakimov A, Nozilov D.A, Pugachenkova G.A, Pisarchik K.A kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. O‘zbekiston milliy interyer dizaynining o‘ziga xos xususiyatlari, me’morchilikdagi o‘rni hamda qadimgi davrdan boshlab XIX asrga qadar shakllanish bosqichlari yoritilgan va chuqur taxlil qilingan. Interyer dizaynini mamlakatimizda uzoq tarixga ega ekani va uning shakllanish bosqichida ayni bir davrga kerakli ma’lumotni izlash uslublari topilgan va tushuntirib berilgan.

Keywords

Afrosiyob, turar-joy, shaharsozlik, miniatyura, interyer dizayn, sopol buyumlar, tokchalar, bronza davri, o‘rganish uslublari, fotoapparat.