VIZUAL ASARLARDA RANG

Section: Articles Published Date: 2024-10-09 Pages: 24-28 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Rang odamzotni qadim zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Fizik, ruhshunos, faylasuf va san’atshunos kabi soha mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Miloddan avvalgi IV asrda yunon olimi Aristotel rangning har xil ko‘rinishlarini tushuntirib berishga harakat qilgan. XVII asrda Isaak Nyuton qator tajribalar o‘tkazib, rang doirasini yaratdi. Oq yorug‘likni ko‘p ranglarga taqsimlanib ketishini isbotlagan, ekranda spektr ranglarini hosil qilgan. Nyuton quyosh yorug‘ligi asosida o‘z nazariy farazini amalda isbotladi. Buning uchun Nyuton quyoshning oq yorug‘ligini uch qirrali prizmadan o‘tkazib, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug‘lik dastasi hosil qildi. Ekranda ko‘ringan ranglar spektr ranglar bo‘lib, ular quyidagi tartibda joylashgan edi: qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, zangori, ko‘k va binafsha rang.

Keywords

Vizual, yorug‘lik oqimi, asosiy rang, RGB, yorqin, to‘q, ramziy ma’no.