“TURLI AJOYIB UL MAHLUQOT” KITOBINING MINIATYURA BEZAKLARI

Section: Articles Published Date: 2025-01-20 Pages: 1-8 Views: 0 Downloads:

Authors

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekiston hududida kitobot san’atining xolati haqida yozilgan bo‘lib, toshbosma kitoblar va ularga bosilgan miniatyura usulidagi litografiya suratlari haqida so‘z boradi. Kitoblarni xattot, naqqosh, tazxib va miniatyura rassom ustalar tomonidan qo‘lda bezatilishi keskin kamayib tashbosma san’ati kirib kelish jarayonlari keng yoritilgan. Litografiya san’atining qisqacha kelib chiqishi, ishlanish uslublari, afzallik va kamchilik xususiyatlari haqida bayon qilingan. O‘zbekistonda toshbosma usulini hayotga tadbiq etilishi, rivojlanish tarixi, jarayonlarida Is'hoxon Ibratning o‘rni alohida ko‘rsatilgan.  Birinchi bo‘lib toshbosma usulida miniatyura suratlari bilan bezatilgan Sidqiy Xondayliqiy tomonidan ko‘chirilgan “Turli ajoyib ul mahluqot” nomli toshbosma kitobi va undagi ayrim suratlarni tahlil etish orqali O‘zbekiston xududida miniatyura bilan bezatilgan toshbosma kitoblari badiiy ahamiyati ochib berilgan.

Keywords

Qo‘lyozma, toshbosma, kitobat san’ati, miniatyura, litografiya, grafika, xattotlik, nasta’liq.